Oydin tunlar
Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
Reyting: 8.8/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
“Oydin tunlar” XIX asr taniqli rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy qalamiga mansub roman. Rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan Dostoyevskiy toʻlaqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimi va insonlar taqdirini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham ochib bera olgan nodir isteʼdod sohibidir. Oʻzining roman va qissalarida fikrlarning keskin kurashini, gʻoya va dunyoqarashning toʻqnashuvini mahorat bilan tasvirlagan. Uning asarlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi bilan ajralib turadi.
Oydin tunlar hikoyasi yaxshigina asabimni buzdi. Dostoyevskiyning inson his tuygʻulari bilan oʻynashishiga tan berdim. Ammo keyin oʻylab qoldim, hayotda ham shundaylar yoʻq emasmi ? Bor albatta. Hayotda har doim ham baxtli yakun boʻlavermaydi. Balki ikki inson uchun baxtli boʻlgan yakun, kim uchundir baxtsizlikdir. Bir maqol borku ishlatish oʻrni boʻlmasa-da, " Otning oʻlimi, itning bayrami" . Yaʼni bu xudbin dunyoda hamma faqat oʻzim boʻlsam deydi. Nastenka ham shunday. Yigiti vaʼdalashilgan paytda kelmagach, bizning oshiqni sevib qolarman deb oʻylaydi, hatto toʻy masalasini ham tezda pishitib qoʻyishadi. Ammo birdan sevgilisi paydo boʻladiyu uning yoniga yuguradi. Shu dam chiroyli uzr s...
Достоевский реал ҳаётнинг совуқлигидан қочиб хаёллар оғушига берилган инсон фожиасини кўрсатиб берган