"Maʼsuma"
Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
Janrlar: qissa
Reyting: 10.0/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
ўлиш ягона чора деб ўйлаган агар қалам мени қўлимда бўлганда маъсумани ўлдирмаган бўлардим
Maʼsuma bu kitobdan oʻrin olgan 2- hikoya. Menga eng yoqqani desam ham boʻladi. Rosti Maʼsumaga achindim. Bunday takabbur ,xudbin inson bilan yashashning oʻzi dahshat. Xolalarining uyida ham menimcha bunchalik azob chekmagandi shoʻrlik qiz. Rosti uning eri nimani istashini tushunmadim,menimcha oʻzi ham tushunmaydi. Goʻyoki qizni bu kambagʻal hayotu azob uqubatlardan qutqarib olgani uchun unga bosh egib taʼzim qilib, qulluq qilishi kerak. Uni oddiy eri boʻlgani uchun emas, valineʼmati sifatida sevishi kerak. Bu qanday boʻlishini tasavvur qila olmadim. . .