Jinoyat va jazo
Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
Reyting: 9.5/10 (6 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Романни иккинчи марта ўқисам ҳам Росқолниқов мани психикамга таъсир қилади деб ўйламагандим бир танада икки дунёқарашли икки хил одам Агар ёзувчини хаётида бундай воқеа бўлмаганида асардаги майда деталларгача бундай тасвирлаб беролмасди
☪☪☪☪☪ 📗Jinoyat va jazo 🪶Fyodor Dostoyevskiy Rosti bu asarni «el qatori kitobxon boʻlish», « birovlardan qolib ketmaslik», «Dostoyevskiyni oʻqiganmisan ?»deb savol berilsa, «ha» deya olish uchun oʻqidim. Boshida jumlalar menga gʻalati tuyuldi. Qandaydir tushkun kayfiyat ufurdi kitobning ilk sahifalaridan. Hatto oʻqimay tashlab qoʻygim ham keldi. Melanxolik kayfiyat meni qamrab olayotganini his qildim. Ammo boshlagan kitobimni tugatib qoʻyish maqsadida oxirigacha oʻqidim. Asar 18 yoshdan kattalar uchun moʻljallangan boʻlib, asardagi asosiy pik boʻla oladigan nuqta hammamiz bilgan va eshitgan —Raskolnikov kampirni oʻldirish sahnasi. Undan keyingi jarayonlar qahramonning his kechinmalar...
«Jinoyat va jazo» men uchun shunchaki jinoyat haqidagi roman emas. Bu — vijdon, kibr, tavba, imon, inson qadr-qimmati va ikkinchi imkoniyat haqida yozilgan chuqur falsafiy asar. Asarda inson o‘zini hammadan ustun deb hisoblashga haqli bo‘lsa, uning qalbida insoniylikdan nima qoladi degan ģoya ilgari suriladi Shuning uchun ham bu asar o‘qib tugatiladigan emas, o‘qib bo‘lgandan keyin ham uzoq vaqt o‘ylantiradigan romanlardan biridir. Yana shuningdek, "Men insonni emas, prinsipni o‘ldirmoqchi edim", deb qahramon jinoyatni nazariya orqali oqlashga bo‘lgan so‘nggi urinishlaridan biri sifatida yana "inson o‘zini o‘zi aldashi mumkin, lekin vijdonini alday olmaydi", deb Raskolnikovning eng muh...