Ikki eshik orasi
Muallif: O'tkir Hoshimov
Janrlar: Roman
Reyting: 9.4/10 (10 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Замон ва давр қандай шароитда кечишидан қатъи назар инсоний қадр-қиммат тушунчаларини сақлаб қолган, тақдирини эл-юрти, халқи, Ватани тақдири билан боғлаган, фарзандидан айрилганида ҳам қалбига қувонч бахш этиши мумкин бўлган бошқа сабабни ўзи учун ярата олган, ҳаётини севги-муҳаббат туйғулари билан безамоқчи бўлгани ҳолда уруш ҳукмига тобе бўлиб қолган инсонлар қисматини ифодаловчи ушбу асар мутолаасидан сўнг бугунги ўтаётган тинч-омон ҳаётингиз, фарзандларингиз бахти учун шукрона айтасиз.
Bu asarda O‘tkir Hoshimov SSSR davridagi o‘zbek xalqining front ortidagi hayotini juda ham zo‘r tasvirlab bergan. Bu asarni o‘qir ekansiz siz ham o‘sha paytdagi Toshkentga tushib qolasiz. O‘sha yerdagi odamlar bilan birga yashaysiz. Bu asarni o‘qib siz tinchlikni qadriga yetasiz. Chunki asardagi hamma qahramonlarning hayoti urush sababli 180° ga o‘zgarib ketadi. Bu asardagi ko‘pchilik baxtsiz bo‘lib qoladi. Ayniqsa "Qora amma" o‘g‘lini kuta-kuta sarson bo‘lgan ona. O‘g‘li o‘lgan bo‘lsa ham o‘g‘lini kelishidan umid qilgan ona. Asarni tinchlikni qadriga yetmaydiganlar, noshukrlik qiladiganlar, urushni o‘yinchoq sanayotganlarga o‘qishni maslahat bergan bo‘lar edim. Asarni o‘qib o‘zingizg...
Жон болам — жоним болам, Оллога топширдим сани, Оҳимга Олло етмади, Тупроққа топширдим сани. «Белингда белбоғинг боринг...» Ўзбек адабиёти дурдоналаридан бири бўлган китоб. Воқеалар 1930-1966 чи йилларда Тошкент (Кўтарма, Ноғайқўрғон) ва Қўқонда бўлиб ўтади. Бош қаҳрамонлар: Қора амма, оқсақол, Дума, Робия, Кимсан, Раъно, Умар закунчи, Музаффар, Шомурод, Мунаввар... Раъно образига алоҳида тўхталиб ўтмоқчиман: Ўзи хохлаб Шомуродга турмушга чиқди, эри уршга кетишидан олдин росса йиғлади. Бошқаларга деярли хат келмаса, унга Шомуроддан ойида 2мартта хат келарди. Лекин у барибир хиёнат қилди. Айбни хеч қачон нафсидан ёки ўзини «бузуқ» лигидан деб ўйламади. Фақат Қора аммани ёки Робияни х...
✅ “I finished this book. I give it a 7/10 because we can see very tragic love stories in it. And this book encourages us to be grateful for the life we have today. Quite good.” 👍🏻
“O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani inson hayoti, taqdir, mehr-oqibat va sabr haqida chuqur o‘ylashga undaydigan asar. Kitobni o‘qish davomida qahramonlarning quvonch va tashvishlari, hayotdagi sinovlari menga katta taassurot qoldirdi. Asarda insonning hayot yo‘li ikki eshik — tug‘ilish va vafot oralig‘idagi umr ekani juda ta’sirli tarzda ko‘rsatilgan. Men uchun asarning eng muhim xulosasi — inson hayotida mehr, halollik va yaxshilikning qadri juda katta ekanidir. Bu kitob menga hayotning qadriga yetish, yaqin insonlarni asrash va har qanday vaziyatda insoniylikni yo‘qotmaslik kerakligini anglatdi. “Ikki eshik orasi”ni o‘qishni tavsiya qilaman, chunki u o‘quvchini nafaqat o‘yla...