Daftar xoshiyasidagi bitiklar
Muallif: O’tkir Hoshimov
Reyting: 9.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
O'tkir Hoshimov — "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" haqidaBu kitobni o'qish bu shoshmasdan, xayolga cho'mib o'qishni talab qiladi. Har bir bitik bu bir necha qatorlikdir, lekin ortida butun bir hayot yotgan mulohaza. Hoshimov bu yerda hikoyachi emas, dono suhbatdosh sifatida gaplashadi siz bilan. Ota-ona mehridan tortib, yolg'izlik, vijdon, o'tkinchi kunlar haqigacha - hammasi sodda so'zlarda, ammo chuqur ma'noda aytilgan. Ba'zan bir jumlasi kеchasi uxlab qolmay o'ylantirib qo'yadi. Kim hali o'qimagan bo'lsa tavsiya qilaman. Faqat shoshmasdan o'qing 🤍