📖
BookNote

Foydalanish Shartlari

Oxirgi yangilangan: 2026-07-01

Ushbu Foydalanish Shartlari BookNote ilovasidan foydalanish uchun asos yaratadi. Ilovadan foydalanish bilan siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.

1. Xizmat

BookNote — kitoblar haqidagi ijtimoiy o'qish platformasi. Foydalanuvchilar kitob sharhlari, iqtiboslar, o'z fikrlarini bo'lishishi, boshqalar bilan aloqa qilishi mumkin.

2. Akkaunt

3. Foydalanuvchi kontenti

Ilovada joylashtirgan har qanday kontent (postlar, kommentlar, iqtiboslar) uchun siz javobgar bo'lasiz. Biz o'zimizga huquq beramiz:

4. Ta'qiqlangan xatti-harakatlar

5. Intellektual mulk

BookNote logotipi, dizayni, kodi bizning intellektual mulkimiz. Foydalanuvchilar o'zi yaratgan kontent ustidan mulk huquqini saqlab qoladi, lekin platformamizga uni ilovada ko'rsatish uchun litsenziya beradi.

6. Akkauntni to'xtatish

Siz istagan vaqtda Sozlamalar orqali akkauntingizni o'chirishingiz mumkin. Biz ham qoidalar buzilganda akkauntni bloklab qo'yishimiz yoki o'chirib tashlashimiz mumkin.

7. Kafolat va javobgarlik

BookNote "borligicha" (as-is) ko'rinishida taqdim etiladi. Biz uzluksiz ishlash, xatosizlik, ma'lum bir maqsadga muvofiqlik kafolatini bermaymiz. Ilova foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan kontent uchun javobgar emas.

8. O'zgarishlar

Shartlar vaqti-vaqti bilan yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova ichida xabar beramiz. Yangilangandan keyin ham ilovadan foydalanish yangi shartlarga rozilik hisoblanadi.

9. Bolalar xavfsizligi (Child Safety)

BookNote bolalarga zarar keltiradigan har qanday kontent va xatti-harakatga (jumladan CSAE — bolalarni jinsiy zo'ravonlik va ekspluatatsiya) qat'iyan nol tolerantlik siyosati qo'llaydi. Barcha qoidalar, moderatsiya jarayoni va shikoyat kanallari haqida to'liq ma'lumot alohida sahifada: Child Safety Standards.

10. Nizolarni hal etish

Ushbu shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq talqin qilinadi. Nizolar tinch yo'l bilan hal qilinishi kerak, kelisha olmasak — O'zbekiston sudlari yurisdiksiyasida.

Aloqa:
Savollar bo'lsa Telegram kanalimizga yozing:
@booknoteuz