Maxfiylik Siyosati
Oxirgi yangilangan: 2026-07-01
BookNote ("biz", "bizning", "ilova") sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilishga jiddiy yondashamiz. Ushbu Maxfiylik Siyosati qanday ma'lumotlar to'planishi, qanday ishlatilishi va sizning huquqlaringiz haqida tushuntiradi.
1. Biz to'playdigan ma'lumotlar
- Akkaunt ma'lumotlari: username, ism, email (ixtiyoriy), parol (shifrlangan).
- Profil ma'lumotlari: avatar rasm, bio, o'qish maqsadlari, sevimli janrlar.
- Kontent: siz yozgan postlar, iqtiboslar, sharhlar, kommentlar, kitob saqlashlar.
- Faoliyat: qaysi postlarni ko'rdingiz, layk bosdingiz, saqladingiz — feed personalizatsiyasi uchun.
- Texnik ma'lumotlar: qurilma turi (Android/iOS/web), til sozlamalari, IP manzil (xavfsizlik uchun log).
- Telegram ID: agar Telegram bilan bog'lasangiz, faqat sizning Telegram user ID'ingiz saqlanadi (telefon raqami emas).
2. Ma'lumotlaringizdan qanday foydalanamiz
- Xizmatni taqdim etish va yaxshilash
- Sizga mos kontentni (feed) ko'rsatish
- Login xavfsizligini ta'minlash (JWT tokenlar)
- Parolni tiklash uchun Telegram orqali kod yuborish
- Boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa (chat, komment, sharh)
- Xatoliklarni tuzatish va texnik yaxshilash
Biz sizning ma'lumotlaringizni hech qachon uchinchi shaxslarga sotmaymiz.
3. Ma'lumotlarni saqlash va xavfsizlik
- Parollar bcrypt algoritmi bilan shifrlanadi (biz ham ko'ra olmaymiz).
- Ma'lumotlar bazasi SSL/TLS orqali himoyalangan.
- API so'rovlar JWT autentifikatsiya bilan himoyalangan.
- Serverlar Railway platformasida (EU West), Postgres 18 bilan.
4. Sizning huquqlaringiz
- Akkauntni o'chirish: Sozlamalar > Akkauntni o'chirish tugmasi orqali barcha ma'lumotlaringiz o'chiriladi.
- Ma'lumotlarni yuklab olish: Sizning postlaringiz va kommentlaringiz nusxasini so'rov orqali oling (Telegram: @booknoteuz).
- Ma'lumotni tuzatish: Profil sozlamalarida barcha ma'lumotni o'zgartira olasiz.
- Aloqani to'xtatish: Telegram bog'lanishini uzasiz.
5. Cookies va analytics
Biz uchinchi shaxslar analytics (Google Analytics, Facebook Pixel) ishlatmaymiz. Faqat login sessiyalari uchun local storage ishlatiladi.
6. Bolalar
BookNote 13 yoshdan kichik foydalanuvchilarga mo'ljallanmagan. Agar 13 yoshdan kichik shaxs akkaunt yaratganini bilsak, uni o'chirib tashlaymiz.
7. O'zgarishlar
Ushbu siyosatga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Muhim o'zgarishlar bo'lsa, ilova ichida xabar beramiz.