Usmon roziyallohu anhu
Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Reyting: 10.0/10 (8 baho)
Halifa Usmon roziyallohu anhu hayoti
Kitobxonlar taqrizlari
Ro‘mol yoki o‘limO‘qigan kitoblaringizni sarhisob qilib boring #2026-yil📚niyat 250 ta kitob #Men_tugatgan_kitob. 250/38 Sahifalar: 486 Hazrati Usmon roziyallohu anhu Umar roziyallohu anhudan so‘ng halifalikka tayinlangan sahoba Usmon roziyallohu anhu bo‘lib men bu va bulardan keyingi sahoba haqida umuman malumotga ega emas edim. Usmon roziyallohu anhuninh nubuvvatdan avval va nubuvvat kelgan vaqtdagi hayotlari, sahiyligi. Rasulimizning jannatdagi do‘stim deya etirof etishiga loyiq ko‘riladigan darajadagi ko‘nglini anglashimda shu kitob yordam berdi . Ammo bundan avvalgi o‘tgan ikki halifani bu qadar ko‘z yoshi bu qadar g‘azab bilan o‘qmagan edim. taqrizni 22-fevralda kitobni tugatgach yozgan edim h...
усмон р.а - пайғамбаримиз уларга икки марта ҷаннат хабари берган, жудаям ҳаёли саҳоба, ӯз уйларида рӯзадор , Қуръон ӯқиётган пайтларида жоҳиллар томонидан қатл қилинганлар
Усмон розияллоҳу анҳу шундай зот эдики, унинг ҳаёсидан фаришталар ҳам ҳайратда қоларди. У борлиқни, бор топганини Аллоҳ йўлида сарф қилишдан ҳеч қачон чарчамасди. Исломнинг оғир кунларида мўминларга суянч, қийинчиликлардаҳомий бўлди. Унинг қалби Қуръон нури билан порлар, ҳар бир сўзи ва амали мўминлар учун ҳидоят маёғи эди. Мазлумларни ҳимоя қилиб, фитналар даврида ҳам сабр ва вазминликни қўлдан бой бермади.
Hayo timsoli Usmon roziyallohu anhuning bosib oʻtgan ibratli hayot yoʻli haqida kitob. Uni koʻz yoshlarsiz oʻqish mushkul. Kitobni oʻqiganimda “nahot,nahot shunchalar oqil,muloyim,saxiy insonni,ustiga ustak moʻysafidni qatl qilishga qoʻllari bordi” deb necha kunlab oʻzimga kela olnaganman. Nahot uni oʻzi qurdirgan masjiddan man qildilar ? nahot oʻzi sovgʻa qilgan quduqdan suv bermadilar. Nahot qoʻllarini shunday muborak zotning qoniga boʻyadilar ?