Uosh
Muallif: Uilyam Folkner
Reyting: 10.0/10 (1 baho)
Hikoya
Kitobxonlar taqrizlari
HechlikUilyam Folkner "Uosh" hikoyasi uchun (spoyler qo‘shmaslikka qo‘limdan kelganicha harakat qildim) Doira. Men o‘zimni bir doira ichida tasavvur qilaman va har safar kitob o‘qisam, sayohat qilsam, umuman dunyo haqida nimadir foydali yangilik olsam shu doira kengaygandek bo‘ladi. Doiramni kengayishiga sabab bo‘lgan yana bir asar esa" Uosh " bo‘ldi. Bir qarashda kishini o‘ziga tortmaydigan jarangsiz bu ism ortida nima yashiringan ekan? Men o‘qigan biror asar yo‘q ediki unda oq tanli insonni qul kabi ko‘rsatilgan o‘rni bo‘lsa. Bu asarda men shuni ko‘rdim, Uosh timsolida. Asar jarayoni qanday kechadi? Asar boshidayoq Satpen uchun inson qiymati hayvon qadrichalik ham emas ekaniga guvoh bo‘l...