Uning koʻzlari
Muallif: Boʻzoʻrg Alaviy
Reyting: 9.8/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Alaviyning ikki qahramoni Mokon va Farangiz koʻzlaridan ham ishqni, iztirobni anglab boʻlmaydi. Ikkisi ham bir-biriga tuygʻularini koʻrsatishni istamaydi. Shu sababli Mokon Farangizning koʻzlarini oʻynoqi, qaraganda ilondek avraydigan bir shaklda chizadi. Ammo faqat shu bilan cheklanmaydi. Uning koʻzlariga Eron xalqining qaygʻusini, iztirobini va ozodlik orzusini ham jo qiladi. Yondan, yaqinroqdan, uzoqroqdan, teparoq yoki pastroqdan qaraganda koʻzdagi ma’no oʻzgaradigan qilib chizadi. Rasmga esa “Uning koʻzlari” deb nom beradi…