Ufq
Muallif: Said Ahmad
Janrlar: Badiiy adabiyot
Reyting: 9.5/10 (16 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
бу трилогиянинг уфқ бўсағасидаги қисмидаги энг аянчли саҳна деб жаннат ҳолани майитини олиб кетишаётганда турсунбой узоқдан қараб турганда онасига ачиняпти деб ўйлаган эдим лекин у энди менга ким овқат олиб келади дерди
#mutolaa_2026 #K_10 🌟Said Ahmad 🌟Ufq 🌟509 sahifa Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi — o‘zbek xalqining 20-asrdagi eng og‘ir va sinovli davrlarini aks ettirgan va millatning 10 yillik davri — ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillardagi inson taqdiri, sabr, muhabbat va yo‘qotishlar haqida hikoya qilingan. Trilogiya uch qismdan iborat: • Qirq besh kun • Hijron kunlarida • Ufq bo‘sag‘asida Qirq besh kun Katta Farg‘ona kanalining qazilishi, uning orqasidagi mehnati matonati va ikki oshiqning sevgi qissasi. Ishqda yonib kuygan, paxlavon va qahramonliklar sohibi Azizxon. Erta so‘lgan gul kabi halok bo‘lgan Lutfinisa.... Hijron kunlarida Bu qismda urushga ketgan yaqinlarini kutgan inson...
Муҳаммаднинг номи тушса, қасидалар нур сочгай, Ӯшал байтлар борлиғим ҳам умидга қучоқ очгай.
Yusupov boʻlgan voqeani Oxunboboyevdan eshitgan, qotib-qotib kulgan edi. Hozir ish tigʻiz boʻlganidan oʻtgan gapni titkilab oʻtirgisi kelmadi. Faqat bu azamat yigitning jussasiga yana bir qarash, hozirgi qilgan ishiga ikki ogʻiz iliq gap aytish uchun chaqirtirgan edi. Ammo Yusupov hazilkash, oddiy odamlar bilan dehqoncha gaplashmasa, toʻymay qoladigan odati bor edi, Azizxonni gapga tutdi. – Nega undoq qilding, oʻgʻlim? – dedi Lutfinisa tomonga ishora qilib. – Yaxshi koʻraman-da, – dedi Azizxon bolalarcha soddalik bilan.
Ufq kitobiushbu trilogiya menda katta taassurot qoldirgan. Azizbek, Tursinboy, Nizomjon, Jannat aya, Ikromjon va boshqa obrazlar mavjud