Uch og‘ayni
Muallif: Noma'lum
Reyting: 9.8/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
уруш одамлар ҳаётини қанчалик вайрон қилганини ва жамиятда ўз ўрнини топа олмаётган собиқ аскарлар ҳаётини очиб берган асар
Erix Maria Remarkning "Uch og'ayni" asarida Germaniyada yashayotgan uch yaqin do'st - Robert Lokamp, Otto Kester va Gotfrid Lentsning hayoti tasvirlanadi. Ular urush dahshatlarini boshdan kechirgan boʻlsalar-da, hayotga boʻlgan ishonchlarini va do'stlikka sadoqatlarini saqlab qolgan insonlar boʻladi. Asarning bosh qahramoni Robert Lokamp bo'lib, voqealar aynan uning tilidan hikoya qilinadi. Robert tasodifan Patritsiya ismli qiz bilan tanishadi va uni sevib qoladi. Patritsiya nozik qalbli, mehribon va aqlli qiz boʻlib, uning og'ir xastaligi borligi keyinchalik ma'lum boʻladi. (Ohiri esa fojia) Roman davomida do'stlik mavzusi alohida o'rin tutadi. Otto va Gotfrid Robertning eng yaqin do'st...