Turkiston Kechalari
Muallif: Najib Kiyloniy
Janrlar: Tarixiy
Reyting: 10.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
"Turkiston kechalari" kitob muallifi birorta turkiy yozuvchi boʻlsa kerak deb oʻylagan edim lekin muallif Misrlik ekan va kitobning ilk sahifasidan achchiq haqiqatni yozgan ekan: "Туркийларнинг айблари шуки, ўз тарихларини билишмайди. Улар ўз шаҳарлари ҳақида жуда ҳам кам маълумотга эгалар..." Balki bugungi adolatsizliklarimizga ham tarixni bilmaganimiz sababdir bir tarafdan, balki tarix yodimizdan koʻtarilgani uchun bir xatoni qayta qayta takrorlayotgandurmiz. Oddiy misol: Buxoriyni Buxorodan, Boburni oʻz yurtidan haydagan ham Qodiriyni osgan, Ulugʻbekni oʻldirgan ham kezi kelganda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdek zotlarni hijrat qilishga majbur qilgan ham bizdan edi mana shu elda...