Temir xotin
Muallif: Sharof Boshbekov
Janrlar: Komediya
Reyting: 9.8/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Комедия асар лекин ўзбек аёлларининг ишларига ҳатто темир чидолмаслигини кўрсатиб берган асар
Koʻpchiligimizga filmi tanish esada,kitobini oʻqish umuman boshqacha hissiyot beradi. Qoʻchqor aka xotini ketib qolgani sabab, Olimtoy ukasi olib kelgan robot Alomatxonga uylanadi, oxir oqibat dala,uy ishlariga bardoshi yetmagan robot tutab ketadi. Satira orqali muallif oʻzbek ayolining bardoshi, metin irodasini ochib bera olgan. Asar oxirida Qoʻchqor aka tilidan quyidagi gap aytiladi : Bu temiring oʻzbek ayoli qiladigan ishlarning oʻndan birini ham qilgani yoʻqki, 7-8talab bola tugʻib kechasi bilan uxlamay unga qaramagan boʻlsa. Asli temir xotin oʻzbek ayoli edi
Barcha o‘qishi shartAsarni etibor bilan o‘qisangiz undagi maʼno mazmunga tushunasiz bir qarashda komedik asarga o‘xshab ko‘rinadi ammo tub maʼnoda o‘zbekning dardi yotadi uning qismat yo‘li qanday kechilgan nimalarni bosib o‘tganini anglaysiz.