Соф табиат дини
Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Janrlar: Diniy
Reyting: 9.9/10 (9 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Иймон масаласидаги оят ҳадислар орқали бир қанча пайғамбарлар ёритилиб берилган Албатта, бунда қалби борларга ва зеҳн билан қулоқ осганларга эслатма бордир» (Қоф сураси, 37-оят).Иброҳимнинг отаси Озар ва унинг қавми бошқа бутпарастларга ўхшаб адашувда эди, ақийда ва ибодатда жаҳолатга берилган бўлиб, санамларга, қуёш, ой ва шунга ўхшаш нарсаларга сиғинар эди. Аллоҳнинг халили (дўсти) Иброҳим уларнинг ақийдасига қарши чиқди ва уларни ҳақ йўлга бошлашга ҳаракат қилди.
📚Sof tabiat dini©Sayyid Mubashshir Taroziy (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi)Shayximizning bu tarjima kitoblari sof tabiat dini bo'lmish - Islom dini haqidadir. Kitobni o'qish jarayonida biz Islom dini haq din ekanligiga doir aqliy va naqliy dalillarga duch kelamiz. Koinotdagi sayyoralar, yulduzlar joylashuvi, Quyosh va Oyning almashishi, yoinki, qushlar va hayvonlarning harakatlarida ham aql egalari uchun ibrat bordir... Bu ma'lumotlarni ko'pini "Iymon" kitobida o'qiganimiz bois, (agar bosqich ketma-ketligida o'qisangiz) bizga yangi ma'lumotlar Iso alayhissalom va ularning onalari Maryam binti Imron haqlarida bo'ladi. Nasroniylar Iso alayhissalomni "Xudo" yoki "Tangrining o'g'li" deb e'tiqod qilishadi. Aslida esa bunday fikrda bo'lishlik kufr hisoblanib, bunga...
inson bolasi fitratda soflikda tugʻiladi, ota onasi uni yo majusiy yo nasroniy qiladi (hadis)