Shoushenkdan qochish
Muallif: Stiven King
Reyting: 10.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Kitobidan filmi mashxurroq bu asar qamoqxona hayotini boricha yoritib bera olgan eng yaxshi asarlardan biri. Butun dunyoga “ Dahshatlar qiroli ” nomi bilan tanilgan Stiven Kingdan “baxtli xotima” kutish biroz gʻalati. Shu sabab adabiyotshunoslar tanqidiga uchragan yozuvchi realistik janrdagi “Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish ” qissasini taqdim etib,oʻzining naqadar serqirra ijodkor ekanligini isbotladi. Asar Shoushenkdek doʻzaxiy zindonda oʻzini,oʻzligini saqlab qola olgan va eng muhimi umidini yoʻqotmagan Endi Dyufreyn ismli kishining matonati haqida. Inson bor-budini yoʻqotsa chidashi mumkin,ozodligini yoʻqotsa chidashi mumkin,biroq umididan ayrilsa u yashay olmaydi. Umid, ertang...