Қизил Аждарҳо
Muallif: Томас Ҳаррис
Reyting: 10.0/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Юрак уришингизни тезлаштириб яширин қўрқувингизни юзага чиқарувчи триллер асар
Baʼzi kitoblar boʻladi, nazdingizda oʻta boʻrttirib yuborilgandek, jumlalardan haddan ziyod koʻp foydalanilgandek tasavvur uygʻotadi sizda. Shaxsan menda shunday boʻladi. Zerikkanimdan bir betni tashlab oʻtib ketgan paytim ham boʻladi. Ammo "Qizil ajdarho" unday emas. U oʻta "rashkchi". Bir zum boʻlsin diqqatingizni undan olishingizni istamaydi. Ikki qator jumlasini oʻqimasangiz fikringiz chalkashadi. Sizni oʻziga ipsiz bogʻlab oladiki, yegan taomingizni bilmaysiz, uyquni sizga begona qiladi. Giyohvand inson ancha muddat ogʻuga tashna boʻlib, keyin ogʻu topganida nafsi qonib qanchalar huzur qilsa, kitobxon ham oʻzi ich-ichidan xohlagan kitobni topganda oʻshanday huzur qiladi. Ushbu kitob ...