Qarzga olingan umr
Muallif: Erix Mariya Remark
Janrlar: Badiiy adabiyot
Reyting: 9.4/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
инсонга берилган вақтнинг нақадар омонат эканлигини англатадиган китоб
Mashhur avtopoygachi Klerfe sil kasaliga chalingan sherigi Xolmanning holidan xabar olish uchun tog‘dagi sanatoriyga boradi. Klerfe u yerda xuddi shu kasallikka uchragan Lilian ismli yosh qiz bilan tanishadi. Uning yashashga juda oz vaqti qolgan. Sanatoriydagi zerikarli hayot sog‘ligini tiklashga yordam bermaydi. Lilian hayotni ko‘rish va yashab qolishga vaqt topish uchun Klerfe yordamida bu joydan Parijga qochib ketadi. Ikkala qahramon ham bugunni, hozirni yashashga harakat qiladilar. Negaki Lilianning kasali har daqiqada unga o‘lim soyasini solishi, Klerfe uchun ham istalgan poyga oxirgisi bo‘lishi mumkin. Ularda o‘zaro hamdardlik hissi paydo bo‘ladi.