Ota
Muallif: Ulug'bek Hamdam
Janrlar: Badiiy adabiyot
Reyting: 9.0/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Ulug'bek Hamdamning "Ota"romani nomidan boshlab o'quvchini o'ylantiradigan asarlardan biridir. Ota - oddiygina bir so'z emas. U ortida butun bir hayot, mas'uliyat, mehr, sukut, kechirim va ba'zan aytilmay qolgan minglab so'zlarni yashiradi. Roman ham aynan shu tuyg'ularni inson qalbining eng nozik joylarigacha olib boradi Asarni oʻqib bo'lgach, beixtiyor o'z otang haqida, uning sen uchun qilgan yaxshiliklari haqida o'ylab qolarkan ekansan. Balki biz kundalik hayot tashvishlari bilan ota- onamizning jim turib qilayotgan fidoyiliklarini payqamayotgandirmiz. "Ota" menga aynan shuni eslatdi: ba'zi insonlarning mehri baland ovozda aytilmaydi, u sukutda, mehnatda va umr davomida koʻrinadi. U...