Or-nomusxuni
Muallif: Komil Sindarov
Reyting: 9.6/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Комил синдаровнинг ҳамма асари креатив ёндашиб ёзилган мазза қилиб ўқишлик асарлар шу қаторда ор номус ҳунидаги энг тасирли жойи Маъмиржон Зоҳидов ва Муножат Зоҳидованинг қотилларини топиш жараёнида шунақа илмли, зиёли ва жамиятда ўз обрў-эътиборига эга бўлган ота-онадан Мўминжон каби ноқобул фарзанд вужудга келиши. Асарда кўтарилган мавзулар орқали жамиятимиздаги долзарб муаммолар очиб берилган.
Komil Sindarovning tergovchi seriyasining 16-kitobi “Or-nomus xuni” kitobini oʻqib tugatdim. Asarda bugungi kunimizdagi bir qancha dolzarb va yuzaga qalqib qolgan muammolar ham koʻtarilgan. Masalan bir jinsli buzuqlik. Gumondorlardan biridan qotillik sodir boʻlgan payt qayerda boʻlgani soʻralganda u biroz kalovlanib, axiyri oʻzining shu ish bilan shugʻullanishini tan olishga majbur boʻladi. Bu jirkanch ishning anchayin odatiy holdek qaralib, odamlar qulogʻi oʻrganib qolayotgani oʻta ayanchli. Asar Maʼmir Zohidov va Munojat Zohidovaning toʻsatdan oʻldirilishi voqeasi bilan boshlanadi. Boshida men ularning oʻgʻli Moʻmindan gumon qildim. Erkatoy, har narsani pul bilan hal qilishga oʻrganib ...