Oltin zanglamas
Muallif: Shuhrat
Reyting: 9.8/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
«Oltin zanglamas» asariga taqriz Shuhratning «Oltin zanglamas» asarida urush yillari va undan oldingi davrdagi hayot, insonlarning taqdiri va sovet tuzumi sharoitidagi voqealar tasvirlangan. Asarni o‘qib, o‘sha davrning murakkab muhitini tasavvur qilish mumkin. Menga asarning inson taqdiri va qiyinchiliklarni yengish haqida o‘ylantirgani yoqdi. Qahramonlarning boshidan kechirganlari orqali inson og‘ir vaziyatda qanday qaror qilishi haqida o‘ylab qoldim. Shu bilan birga, ayrim jihatlar menga ishonarsiz yoki yoqimsiz tuyuldi. Ba’zi o‘rinlarda sovet hukumatiga nisbatan ijobiy munosabat seziladi. Ayniqsa, NKVD tergovchisining vijdoni uyg‘onib, haqiqatni anglab qolishi menga biroz sun’iy tu...
китобда уруш йиллари ва ундан кейинги даврда сохта айбловлар билан қатағон қилинган зиёлилар, инсофли кишиларнинг фожиали тақдири очиб берилган ёзувчимизни ҳам бошидан ўтган воқеалар ёритилган
“Oltin zanglamas” – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat tomonidan 1963-1965-yillarda yozilgan roman. Ilk marotaba 1967-yilda nashr etilgan. “Oltin zanglamas” romanida urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatagʻonlarga duchor etilgan halol, imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tasvirlangan.