Odam boʻlish qiyin
Muallif: Oʻlmas Umarbekov
Janrlar: Badiiy
Reyting: 7.4/10 (16 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Oʻlmas Umarbekovning “Odam boʻlish qiyin” romanida hayot, hayotning haqiqatga toʻla nafasi ufurib turadi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi eʼtiborga loyiq. Romanda yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida soʻz boradi. Asar real voqealarga asoslanib yozilgandek oʻziga jalb etadi. Asarda ota-onaga hurmat, qadr-qimmat, odamiylik tuygʻulari, yosh qalbning tuygʻulari, oʻzbeklarning sodda va mehribonligi, oʻspirin bolaning orzulari va shunga oʻxshash voqealar ibrat qilib yoritib berilgan.
Асар инсон ўз манфаати йўлида ўзгаларнинг қалбини оёқости қилиши қандай аянчли оқибатларга олиб келишини кўрсатиб берган
"Olim boʻlish oson odam boʻlish qiyin".Agar niyat toʻgʻri boʻlmasa ilm ham insonni insoniylikdan chiqaradi. Ilm faqatgina odamlardan ustun boʻlish uchun, mansab mol- dunyo uchungina olinsa odam oʻsha ilmi tufayli koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyadi. Bunday insonlar odamlarning olqishlari, unga havas bilan qarashlari uchun qadriyatlarni insoniy hislarni bemalol oyoq osti qilishi mumkin, bunday insonlar oʻzligini oʻzi nimnai xohlashini unutadi ular uchun endi odamlarning eʼtirofi va olqishlaridan boshqa narsa qiziq emas.
Кутилмаган бурилишларга бой китоб Бош қахрамонлар: Гулчеҳра, Абдулла, Сайёра. Китоб хақида гапиришни хохламадим, чунки хиссиёт ва нафратга сабаб бўладиган қахрамонлар бор. Кўпчиликнинг китоб хақида фикрларини ўқиганимда — Абдулла салбий образ қилиб кўрсатилганди. Шахсий фикрим: китобда салбий образ йўқ! Абдулла ёшлигида кўрган носоғлом рақобат, адолатсизлик, қизлар ўз ғурурини сақлолмагани сабабидан хато қилди. Гулчеҳрада айб бор. Нега қаршилик қимади?! Нега иффатини сақламади?! Тўғри у
Yigit qiz oʻrtasidagi gʻayriaxloqiy munosabatning ayanchli yakuni haqida qissa