mukammal saodat yòli
Muallif: Noma'lum
Reyting: 10.0/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Маърифат изловчилар учунИслом ақийдасига кўра эса инсон Аллоҳ Ўз қўли билан яратган, Ўз руҳидан жон пуфлаган, махлуқотларнинг афзали ва мукаррами этган, ер юзида Ўзининг ўринбосари қилиб қўйган олийжаноб бир зотдир.
Inson doim baxtli boʻlishga, yaxshi turmush kechirishga, saodatga intiladi. Mukammal saodat yo'li esa, shubhasiz, Islomdadir. Shayximiz kitoblarida mukammal saodat yo'li qanday boʻlishi, nimalar talab etilishi, qanday amallarni qilish kerak, qandaylarini qilmaslik kerak, qaysi biridan umuman uzoqda boʻlish, yaqinlashmaslik kerak, qisqaroq qilinganda o'zini musulmonman degan kishiga kerakli barcha-barcha ilmlar, masalalar tushunarli, go'zal tartib bilan, izohlanib o'quvchiga yetkazib beriladi. Asarda berilgan ma'lumotlarni o'qir ekan, uqir ekan iymoni, aqli butun musulmon avvalo oʻziga o'zi savol berishga majbur qilinadi, vijdoni bilan Alloh taolo yonida yolg'iz qoldiriladi. Bor diqqati...