Mehrobdan chayon
Muallif: Abdulla Qodiriy
Janrlar: Klassik adabiyot
Reyting: 9.2/10 (10 baho)
Ajoyib roman
Kitobxonlar taqrizlari
Judayam ajoyib kitob qadimiy tuzumda odamlarni qanday qiyinchiliklarda yashashi, siyosat, koʻrolmaslik, chiroyli muhabbat ... tasvirlangan. Anvar bilan Ra'noni sevgisiga esa hamma ham havas qilsa kerak. Asardagi qirq qizlar faryodiga esa achinmasdan iloj yoʻq judayam ta'sirli. Barchangizga tavsiya qilaman zoʻr asar.
муҳаббат қисмига тўҳтаб ўтирмайман) муқаддас жой (меҳроб) ортига яшириниб ўз манфаати учун ҳар қандай пасткашликка тайёр бўлган чаёнлар Солиҳ маҳдум, муфти ва қозиларни кимлигини кўрсатиб берган китобда Қодирий
Abdulla Qodiriydan yana bir durdona, yoqmagan jihatlar ham bor albatta, lekin Oʻtkan kunlarga nisbatan bu kitobini koʻproq yoqtiraman
Mehrobdan chayonAbdulla Qodiriyni ilk bor «O‘tgan kunlar» orqali tanigan edim. Bu asar o‘shani uzviy davomi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Faqat voqealar bu romanda biroz sodda ko‘rindi men uchun. Asar qahramonlari ko‘pchilikka tanish o‘sha Anvar, Raʼno, Solih mahdum, Sultonali, Abdurahmon imom va boshqalar... Asar Anvar va Raʼnoning baxtli turmushi ila yakunlandi deyiladi-yu, lekin bu haqida ikki xil tahmin borligi uchun o‘quvchiga bularning xayoti bujmal holatda qoldi. Asarni nima uchun aynan bu nomda nomlanganiga qiziqqan edim kitobni o‘qish mobaynida bu nomga kim va kimlar sazovor ekanini angladim. Hozir hayotimizda bu kabi «chayonlar» yo‘q deya olmaymiz, ammo bu chayonlarni ezib yuboradigan Anvarlar ...