Maymun yetaklagan odam
Muallif: Nazar Eshonqul
Reyting: 9.0/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Maymun - odamning oʻzidagi hayvoniy tabiati, ehtiroslar, johillik, nuqson va o'zini anglay olmaslik belgisi edi. O'sha odam esa - bizning oʻzimiz. Ko'chada maymun yetaklab yurgan odamni koʻrib aslida biz ham hayotda o'sha maymunni yetaklab yurgan odamga o'xshashligimizni anglay boshladim. Har birimiz ichimizda bir maymunni yetaklab yuramiz. Savol tug'iladi - biz uni yetaklayapmizmi, yoki u bizni?..