Lolazor
Muallif: Murod Muhammad Do'st
Reyting: 9.2/10 (6 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Tuzumlar o'zgaradi, Yaxshiboyevlar-chi?!Murod Muhammad Do'st qalamiga mansub ushbu roman aslini olib qarasak hozirgi hayotimiz ko'zgusi ekan desak ham bo'ladi. Bosh qahramon - Nazar Yaxshiboyev "ommaviy madaniyat", sovet jamiyati ta'siridan chiqa olmagan Bulduruq qishlog'idan o‘qishga kelgan yigitcha. Ateist. Voqealar rivojini va bayonini aytib berish niyatim yo‘q. Uning eng yaqin do'sti- Oshno (Horun). Xuddi Yaxshiboyev kabi inson. ⚡️Mazkur asarni o‘qib shuni angladimki, jamiyat insonga katta ta'sir ko'rsatadi ekan. Ha bu rost! Lekin degan joyi ham bor. Agar inson sal kengroq fikrlasa, sal iymonliroq bo‘lsa unchalik ham ta'sir o‘tkazolmaydi jamiyat. Chunki xuddi ular kabi, aslida ulardan ham og‘irroq ahvolda qolgan Saidqul ...
O‘zligimizni anglashga yordam beradi
"...uluğ odamlarda ham anchayin latifanamo kechmishlar boʻlmogʻi mumkin, ayni kechmishlarning guvohlari tiliga pishiq boʻlsa, bas, ulugʻlikka zarracha putur yetmaydi." — Yaxshiboyev.
"Lolazor" asariJamiyat juda ulkan mashina, oqsoqol, shunday ulkanki, uning ikki yuz ellik millionta murvati bor, bitta murvati ishlamasa yoki qing‘irliq qilsa, bas, butun mashinaning harakatiga putur yetadi.
Yaxshi kitob ammo boshi biroz zeriktiradi insonni