Jaziramadagi odamlar
Muallif: Luqmon Boʻrixon
Reyting: 8.7/10 (3 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Ashur qamoqdan chiqibdi. Otam oʻz xatida shu haqda toʻlib-toshib yozgan ekan. Odatda u salom-alik, uch-toʻrt ogʻiz nasihatdan nari oʻtmas, men bu bitiklarni talabalar yotoqxonasining ikkinchi qavatidagi hujramga chiqib borgunimcha oʻqib bitqazar, hatto xatjild-qogʻozga, otamning behafsala husnixatiga koʻz yugurtib, maktubning qay bir sharoitda, qay bar kayfiyatda yozilganini ham oʻzimcha tusmollab ulgurar edim.
Isteʼdodli yozuvchi Luqmon Boʻrixonning “Jaziramadagi odamlar” romani behad zavq-shavq bilan oʻqiladi. Unda ovloq choʻl qoʻynidagi choʻlquvarlarning hayotiy kechinmalari ifoda etilgan. Asarning gʻoyat goʻzal va jozibali badiiy tili oʻquvchini beixtiyor oʻziga rom qiladi. Romanning bosh qahramoni – Lolaxon. Taqdir taqozosiga koʻra u ovloq choʻl qoʻyniga kelin boʻlib tushgan. Lolaxonning achchiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat, xiyonat va nafrat kabi mangu tuygʻularni yozuvchi oʻziga xos uslubda, katta talant bilan tasvirlagan.
insonlarni hayoti xarakteri bir-biriga bo‘lgan munosabati haqida o‘yladim. Asarda odamlarning turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi va hayotdagi qiyinchiliklarga munosabati ko‘rsatgan