Jannat oʻzi qaydadir
Muallif: Erkin Aʼzam
Kitobxonlar taqrizlari
“Jannat o‘zi qaydadir” asariga taqriz. Erkin A’zam ustozning qalamiga mansub “Jannat o‘zi qaydadir yoki Jiydalidan chiqqan Jo‘raqul” nomli qissasi mustaqillikning ilk yillarida yuzaga kelgan ijtimoiy-ma’naviy o‘zgarishlarni badiiy talqin qilgan, teran ma’rifiy va manaviy ruhga ega asarlardan biri desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Ustozning ushbu qissasi hajman katta bo‘lmasa-da, unda xalqimiz hayotidagi eng og‘riqli va dolzarb masalalar jamlangan deb bilaman. Endi qisqacha qissa qahramonlariga toʻxtalib oʻtsam. Domla, xonim, Klara, Melis, Tursuniy va boshqalar ushbu qissa qahramonlari hisoblanadi.Ushbu qissadagi qahramonlar jamiyatdagi turli qatlamlar va ularga xos qarashlarni namo...