Jamila
Muallif: Chingiz Aytmatov
Reyting: 8.0/10 (15 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Asar yutuqlari : Asarning oxiri mavhum emasligi , syujetlar soni kitobxonni "keyingi taqdiri nima bo'lar ekan?" deb qiziqtiradigan va shu bilan birga zeriktiradigan darajada ko'p emasligi . Lui Aragon tomonidan fransuz tiliga tarjima qilingan va XX asr Jahon adabiyotidagi sevgi haqidagi "eng go‘zal asar" deb baholangan asarning kamchiligini aytish menga emas , lekin shu o‘rinda o‘z qarashlarimni bo‘lishmoqchiman . Insoniyat qaysi makonda , qaysi zamonda yashashidan qat‘iy nazar zinoni oqlab bo‘lmaydi! Lekin bu ishda faqat Doniyor va Jamilani yokida bu qilmishni yashirgan Seitni qoralab bo‘lmaydi , hamma gap kattalarda .Oilani Yo‘lchiboy ota "boshqarganda" , ayoli oilada "humronlik" qilma...
Дониёр ва жамиланинг бирга кетиши бу урушнинг оқибатлари яни эрининг урушга кетишими ёки жамила. айтгандай эри кни севмаслигими тўғриси менга қорнғугигича қолиб кетдии
kitob judayam tasirli ekan
Bu asarni kimga tavsiya qilishimni emas, aksincha qilmasligimni yozish ma'qul o'ylashimcha: agar siz insonlar orasida sevgi-muhabbat dunyodagi ko'p narsalardan ustun, inson sevgani uchun hammadan voz kechishi kerak deb o'ylaydigan inson bo'lsangiz bu asarni umuman o'qimaganingiz ma'qul. O'zbek qadriyatiga mos kelmaydigan asar ekan. Fikrlarimni asoslab yozmoqchidim, lekin taqriz uchun uzun bo'p ketarkan) Ammo ishonchim komilki,Doniyor va Jamila sevgsi boshqalar ta'riflagan darajada emas ekan!
Chingiz Aytmatovnng 'Jamila' asari adabiyotda erkn qalb,chinakam tuyg‘ular jasoratini ko‘rsatb bergan eng go‘zal asarlardan biri deb hisoblayman. Mashhur adib Lui Aragon uni bejizga 'Dunyodagi eng go‘zal sevgi qissasi' deb atamagan. Asarda shunchaki muhabbat haqida emas, balki insonnng soxta urf-odatlar va jamiyat qistovlaridan ustun kelib, o‘z baxti va erkinligini tanlash huquqi haqida so‘zlaydi. Menga asardagi eng ta'srli va unutlmas bo'lim. Doniyorning tunda, dasht bag'rida qo‘shiq kuylagan epizodi juda yoqdi. Hamma tortinchoq va g‘arib deb bilgan bu yigitning qo‘shig‘ida qandaydir teranlik, ilohiy tuyg‘u bor edi, aynan shu kecha Jamila ham, bo‘lajak rassom Seit ham Doniyorning boy ru...