Исломга бағишланган умр (хотира китоби)
Muallif: Муҳаммад Амин Муҳаммад Юсуф
Janrlar: Diniy
Reyting: 10.0/10 (13 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
#xulosa📚Islomga bag‘ishlangan umr ©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad YusufGapni nimadan boshlashni ham bilmay qoldim to'g'risi. Yozyapman, o'zimni yig'idan to'xtatolmayapman. "Olimning o'limi - olamning o'limi". Kitob shayximizning ukalari tomonidan yozilgan bo'lib, hazratning tug'ilganlaridan to vafotlariga qadar bo'lgan voqealarni hikoya qiladi, shu o'rinda shunday buyuk zotning ota-onasi qanday bo'lganini ham. Bir hisobda bu kitobdan o'zimizga o'rnak, yo'nalish olsak bo'ladi, ya'ni kelajakda farzandlarimizni shu insondek olim qilib tarbiyalash uchun nimalarga e'tibor berishimiz kerak? Qanday sinovlarga duch kelamizu, ularga qanday qarshi turolamiz? Va shunga o'xshagan bir qator maslahatlarni o'rganamiz. Men hazratning ota-onasi vafotlarini o'qib, ta'sir...
Barchaga o'qishni tavsiya qilgan bo'lardim
Бизга ўз меросини қолдирган шайҳимиз Муҳаммад содиқ Муҳаммад юсуф ҳазратлари ҳақида билиб оладиган китоб
Olimning oʻlimi olamning oʻlimidir... Oʻzbekistonning oxirgi 100yillikdagi eng katta yoʻqotishlaridan biri Shayx hazratlarining oʻlimi boʻlsa kerak. Buni yaxshiroq anglash uchun u kishini hyaot yoʻllariga bir nazar solishning oʻzi kifoya qiladi. Hazrat haqidagi kitoblar koʻrsatuvlarni oʻrganish davomida har doim bitta narsani oʻylayman "qanday qilib bitta odam shuncha narsaga ulgurishi mukin?, biz hatto oʻqib ulgurmayotgan kitoblarni yozishga qanday ulgurgan ekanlara". Alloh kimningdir vaqtiga ilmiga baraka beraman desa hech gap emas ekan kuni uchun uzoq oʻtmishdan emas oʻzimizning zamondoshlarimizdan ham misollar bor ekan.
To bu kitobni oʻqigunimcha Shayh hazratlarini yaxshi tanimagan ekanman. Biz bugungi kunda qanchalar xotirjam diniy adabiyotlardan bahramand boʻlayotgan boʻlsak, xotirjam haj umralarga borayotgan boʻlsak, bunda Shayh hazratlarining xizmatlari katta. Hayot yoʻllarini oʻqib “ Alloh bir kishining umriga shu qadar baraka berishi mumkinmi ?” deb oʻyga toldim. Ha chin taqvo qilgan muxlis bandalarga berishi mumkin ekan.