Ishq otashi
Muallif: Iskandar Pala
Reyting: 7.5/10 (2 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Nega mahzun yigʻlab kezarsan bunda? Mavlong yigʻlatsa gar, qayta kuldirur! Necha oshiq kelib-ketdi bu yerga? Mavlong yigʻlatsa gar, qayta kuldirur! Asar soʻfiy shoir Yunus Emro hayotiga bagʻishlangan. Oʻqilishi biroz ogʻir. Yozuvchimi yoki tarjimon tarjima vaqtida berilibmi biroz chalkashliklar bor... Badiiyat esa juda koʻpayib ketgandek tuyuldi. Asarga mazmun bagʻishlaydigan asosiy qism Yunus Emroning baʼzi sheʼrlari ham keltirilgani deb hisobladim. Yozuvchi shoirni Xoliqdan koʻra maxluqqa koʻproq oshiqdek koʻrsatgan boʻldi mening nazdimda... Serialini ham koʻrgan edim, unda aksi edi...