Hech kimning yurti
Muallif: Mir Jalol Memmedov
Janrlar: Badiiy
Reyting: 10.0/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
#taqriz Hech kimning yurti Agar sizga siyosiy va falsafiy qarashlarga oid,distopiya janridagi kitoblar qiziq boʻlmasa,bu postni shunchaki oʻtlazib yuboring. Asar Ozarbayjon tilida boʻlib muallif Mir Jalol Memmedov tomonidan yozilgan. Eng qizigʻi asarda na joy nomi, na biror ism keltiriladi. Voqea saylov kunidan boshlanadi. Bir orolda saylov oʻtkazilishi kerak edi. Saylov kuni keldi va natijalarga qaralsa xalq hech kimga ovoz bermabdi. Xalq jim edi. Kimdir buni xalqning oʻz irodasi dedi, kimdir ovoz bermaslik ham ovoz dedi, kimdir buni isyon deb baholadi. Aslida-chi ? Harakatsizlik ham harakat edimi ? Modom hech kimga ovoz berilmagan ekan, u holda davlat tuzumi ham yoʻq deyishadi. Qon...