Hay ibn Yakzon
Muallif: Ibn Tufayl
Reyting: 9.6/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Инсон моҳияти унинг жисмида эмас балки ақлидадир
Hay ibn Yaqzon «Ismim Hay,nasabim Uygʻoq oʻgʻliman. Zolim togʻamdan qoʻrqqan ota-onam meni sandiqqa solib daryoga oqizishdi. Muso alayhissalom kabi oqdim daryoda,oqaverdim,oqaverdim. Ammo Muso alayhissalomdan farqim shuki,u onasi bilan qayta topishdi,men esa volidamning gul yuzini qaytib koʻra olmadim. Muso alayhissalomni Osiyo topib olib,mehr berdi. Meni esa bir ona kiyik katta qildi. Men shu kiyikni onam deb bildim. Doim men eng zaif hayvonman deb oʻylardim. Ammo bir kuni oʻsha kiyik oʻlganida dunyoyimni zulmat qoplab oldi. Taqdir meni yagona mehribonimdan judo qilgandi. Ammo shu voqea sabab men fikrlay boshladim. Jismni yashnatib turgan narsa nima edi ? Topdim, u ruh ekan. Xoʻsh u ru...