Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi
Muallif: Ahadquli Xolmuhammad o'g'li
Janrlar: Badiiy
Reyting: 9.9/10 (12 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
📚Savdogarlar ustozi©Ahadquli Holmuhammad o'g'liBu asar nafaqat Abdulloh ibn Muborak haqida, balki halol tijorat qilish haqidadir. Bu asarni 2-marta o'qigan bo'lishimga qaramay, yana o'sha birinchi hissiyotlarni his qildim, oldin e'tibor qilmagan jumlalarimni endi angladim. Va tushundimki, agar har bir mo'min-musulmon inson hayotini halollik mezonlariga asoslanib qursa, hayotimiz ancha o'zgarishi, yurtimiz ham boshqa davlatlarga qaram bo'lmasligi mumkin ekan. Ya'ni narx-navo ko'tarilsa, aholi chetdan narsa olishga majbur bo'ladi. Vaholanki, ularda narx baland bo'ladi yoki aldab sotiladi. Abdulloh ibn Muborak mana shunday holat yuz bermasligi, boshqa din vakillari musulmonlarni qiynamasligiga harakat qilgan edi. Insonlar qiynalmasligi u...
тижоратдаги ҳалоллик адолат, ростгўйлик ва ҳиммат каби фазилатларда бўлиш, харомдан кўпайган мол кишига вафо қилмаслиги, фалокатга олиб бориши ҳақида
Ushbu kitob ba'zilar o'ylagandek faqat savdo haqida emas. Unda haqiqiy zuhd qanday bo'lishi, ilm olish talabi va jasorat nimaligi bayon etilgan. Kitob Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhning hayoti haqida. Kitob Ibn Muborakning do'sti tilidan so'zlangani sababli sizni osongina ichiga olib kiroladi. Xuddiki siz ham ular bilan birga suhbat qilayotgandek bo'lasiz.