Faryod
Muallif: Zeynep Gezici
Reyting: 7.3/10 (3 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
#xulosa 📚Faryod©Zeynep GezeciKitob haqida yozilgan izohlarni o'qiganimda bu ayrim turk adabiyotlariga o'xshagan bo'lmasa kerak deb o'ylagandim. Lekin kitobni boshlab qo'ygach, marketing qurboniga aylanganimni tushundim. Kitobda na kulminatsion nuqta, na boshqa kitoblardan ajralib turadigan tomoni bor... Bir xil temptda yozilgan, odamni ancha zeriktirib qo'yadi. Keskin burilishlar bo'lmasa, asar o'quvchilarni o'ziga jalb qila olmaydi. Sizlar aytasizlar: "Ha, endi kitob o'qishni odat qilayotganlar uchunda" deb. Yo'q, men bu kitobni endi o'qishni boshlayotganlarga ham tavsiya qilmasdim. Ishonavering, boshlang'ichlar uchun bundan ko'ra ancha qiziq kitoblar bor. Ho'p, voqealari nima haqida? Asar 23 yoshli, saraton kasal...
shukur qildim...Afsuski, og'ir xastalikning azobini faqat boshidan kechirgan yaxshi tushunadi, sog‘lar emas. O‘lim bilan nafaqat o‘z hayoti, balki o‘z yaqinlari ruhan cho'kib ketmasligi kurashgan insonning kechinmalari asarda yaxshi yoritib berilgan. Feriya o‘limdan cho‘chimasdi, lekin ota-onasi va yaqinlarini azob-uqubatga qoldirmaslik uchun umidini yo‘qotmadi. Biz hayotdan to‘ydim, dunyo ADOLATSIZ deb nolib yurganda, Feriya 3yil tirik qolish uchun kurashdi. Ey, noinsof! Bedavo dardga chalinib yo og'ir nogironmisanki, dunyo adolatsiz desang?! Tengdoshlaring o‘ynab-kulib, ilm olib yurganda sen o‘limingni noiloj kutyapsanmi? Ko‘z oldingdagilar sportda g‘alabalarga erishganda, qo‘ling yo oyog'ing nogir...