ertaga qiyomat
Muallif: Rey Bredberi
Reyting: 8.8/10 (6 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Қиёмат соати аниқ бўлиши тўғри лекин у кунда исломий ўрганганимиз бўйича ҳатто она ўз боласини танимайди ҳамма ўзи билан овора бўлиб қолади ҳомиладорлар ҳомиласини ташаворадии лекин бунда жуда ҳотижам кутиб олинган бу воқеа
Rey Bredberining "Ertaga qiyomat" hikoyasi juda ta'sirli va chuqur falsafiy asar. Bor-yo'g'i bir necha sahifadan iborat bo'lsa-da, odamni uzoq o'ylashga majbur qiladi. Dunyodagi barcha insonlar bir vaqtda "ertaga dunyo tugaydi" degan bir xil tush ko'rishadi. Eng qizig'i, qiyomat yaqinlashayotganini bilgach, hikoya qahramonlari (er va xotin) vahimaga tushishmaydi, baqir-chaqir qilishmaydi yoki ko'chalarga yugurishmaydi. Ular odatdagidek kechki ovqatni tanovul qilishadi, idishlarni yuvishadi, bolalarini uxlashga yotqizishadi va oddiygina kofe ichib suhbatlashishadi. Hikoyadan parcha: — Biz shunchalik yomonmidik? – Yoʻq. Lekin juda yaxshi ham emas edik. Ehtimol, asosiy fojia shundadir – ...
Hikoyaning asosiy g'oyasi inson yaxshilikni ertaga qoldirmasligi har bir kunini mazmunli oʻtkazishi va qilgan ishlariga javobgar boʻlishi kerak. Muallif o'quvchini beparvolikdan loqaydlikdan voz kechishga chaqiradi