Eljernonga atalgan gullar
Muallif: Deniel Kiz
Janrlar: Badiiy adabiyot
Reyting: 9.0/10 (4 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Yolg‘izlik yoki telbalik: qaysi biri xavfliroq?#taqriz ELJERNONGA ATALGAN GULLAR (Daniel Kiz) Daniel Kizning ushbu romani aqlli insonning inqirozini ko‘rsatib beradi. Gap shundaki, bosh qahramon - Charli Gordon telbalikdan to aqllilikning cho‘qqisigacha bo‘lgan masofani bosib o'tadi. Ammo bu yoqimli tuyulmasligini payqashingiz mumkin. Adib mazkur asari orqali bizga juda foydali bir faktni izohlagan: inson qancha aqlli bo‘lib, ko‘p bilgani sari shuncha yolg‘izlanib boraveradi. Va bu oxir-oqibat, inson qalbida odamlarga nisbatan nafrat hissini uyg'otadi. Qo‘rqinchli shunday emasmi?! E'tiborga molik yana bir jihat shundaki, Charli telba paytida uning ustidan do‘stlari kulishsa va uni izza qilishsa, bundan zavqlangan. Aqlli bo'lga...