Drakula
Muallif: Brem Stoker
Reyting: 8.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
📚 Drakula© Brem StokerBrem Stoker tomonidan yozilgan "Drakula" jahon adabiyotidagi eng mashhur gotik asarlaridan biridir. Asar vampirlar haqidagi birinchi kitob bo'lmasa-da, aynan shu roman zamonaviy vampir obrazini shakllantirib, adabiyot va kinematografiyaga ulkan ta'sir ko'rsatgan. (Ya'ni ko'p vampirlar haqidagi filmlar shu kitobdan ilhomlanilgan ekan.) (Vampirlar haqidagi ilk mashhur zamonaviy asar esa - "The Vampyre" bo'lib, u John William Polidori tomonidan yozilgan. Undagi aristokrat vampir obrazi keyinchalik Drakulaga ham ilhom manbalaridan biri bo'lgan ekan.) Roman kundaliklar, xatlar, gazeta maqolalari va telegrammalar orqali hikoya qilinadi. Voqealar yosh huquqshunos Jonatan Harkerning graf Dracula...