Daxma sinoati
Muallif: Hakan Sökmen
Reyting: 6.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Turk yozuvchisi Hakan Sökmenning “ Kiyamet anahtarı — Qiyomat kaliti” asari ham uslub jihatdan Den Braun asarlariga oʻxshaydi. Dahmalar, maxfiy tashkilotlar, orden, qadimiy obidalar sirlari, shifrlar. Ammo oʻta keskin burilishlar yoʻq. Masalan Den Braun asarlarida shunday vaziyatlar boʻladi: bosh qahramon juda noqulay vaziyatga tushib qoladi,oʻq yeydi. Sizda qahramon endi qutulib keta olmaydigandek yoxud oʻladigandek taassurot uygʻotadi. Ammo ushbu kitobda unday voqealar yoʻq. Shu jihati bilan ozgina koʻnglim toʻlmadi kitobdan. Lekin taxminan 50 sahifadan keyin voqealar rivoji tezlashadi va qiziqarli tus oladi. Asar voqealari Fotih masjididagi koʻchki oqibatida topilgan yer osti tunnelida...