Chorshanba uchun binafsha
Muallif: Andre Morua
Reyting: 10.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
📚Chorshanba uchun binafsha©Andre MoruaUxlashdan oldin zo'r ketadigan hikoya kerak bo'lsa, eng zo'r tanlov ayni shu hikoya bo'ladi. Qasamyod qilaman, toki tirik ekanman, har chorshanba kuni uning qabriga bir dasta binafsha olib borib turaman… Fransuz adabiyotidan yana bitta ajoyib asar. Hikoyadagi asosiy qahramonlar - o'z kasbining mohir ustasi, aktrisa Jenni va unga har chorshanba binafsha olib keladigan muxlisi, politexnika maktabi talabasi Andre de Jenevyer. Endi tasavvur qiling, siz mashhur odamsiz, sizni sevib kuzatadigan muxlislaringiz shunaqa qilsa, ya'ni ma'lum bir kunni mo'ljallab hadya jo'natib tursa, nima qilgan bo'lar edingiz? Jenni hayotida bunday voqealar ko'p bo'lganiga ko'nikib qolgani va yosh talabaning o'z...