Bolaligimni qo'msab yig'ladim
Muallif: Nuri Bayramov
Reyting: 8.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
📚Bolaligimni qo'msab yig'ladim©Nuri BayramovNuri Bayramovning “Bolaligimni qo‘msab yig‘ladim” qissasi inson hayotidagi eng beg‘ubor davr — bolalik bilan yuzlashtiradi. Faqat bu bizning shod, tinchlikda o'tgan bolaligimiz emas, urush qiyinchiliklarini ko'rgan, ota sog'inchi bilan yashagan bolalik... Urush hammaga barobar kelgan, hamma teng qiyinchilik ko'rgan, bu urush kimlarnidir otasidan, kimlarnidir ko'z ochib ko'rgan juftidan, kimlarnidir aka-ukasi, yaqinidan judo qilgan. Bizni hozirgi hayotimiz bilan urush davri bolalariniki farq qiladi. Ular o'qishdan qolib, dalalarda kattalardan qolishmay mehnat qilishdi, har kuni pochtachidan xushxabar kutishdi. Asar qahramoni Nurgeldiga o'rtogi kayfiyat ulashish maqsadida otasi nomidan s...