Azal muhri
Muallif: Baxtiyor Abdulgʻofur
Reyting: 10.0/10 (1 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Smartfonlaringizdagi Sunʼiy Ong sizga qarshi ishlay boshlasa nima qilasiz ? Kitobni olganimga ancha boʻlgan, biroq negadir oʻqishni ortga surib kelardim. Ammo oʻqigach,oldinroq oʻqimaganimga afsuslandim. Oʻzim Den Braun asarlari shaydosi boʻlganim uchun bu asar darrov oʻz olamiga tortdi. 2020-yil boʻlib oʻtgan karantin, koronavirus,pandemiya minglab odamlar halok boʻlgani hali koʻpchilikning esida boʻlsa kerak. “ Virus labaratoriyadan atayin sizdirilgan, odamlar qirilib ketishi uchun yaratilgan” degan gaplar ham qulogʻimizga chalingan edi. Anvar Abdulhamid biolog olim. Odatdagidek ishdan uyga,uydan ishga borib kelayotgan kunlarining birida, yangi virus paydo boʻlganining xabarini eshit...