Anomaliya
Muallif: Erve le Tellye
Reyting: 8.8/10 (5 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Илм ақл ва хатто дохиёна фикрлардан ўтадиган қойилмақом нарса бу тушунмаслик
☪☪☪☪☪ Anomaliya kitobi haqida taʼriflar eʼtiborimni tortdi. "Siz aniq bunday asarni oldin oʻqimagansiz!". Qanday asar ekan deb qiziqdim. Avvaliga detektiv deb oʻyladim. Kitobni qoʻlimga olganimga ancha boʻlgan boʻlsa-da ,mutolaani kechiktirib yurgandim. Xullas kitobni boshladim. 100- betga keldim hamki, asarga tushuna olmadim. Deyarli oʻn nafar odamning hayoti haqida hikoya qilinib ulgurilgandi-da. Bir fikr oʻqimasammikan deb yarqirab oʻtdi. Lekin toʻxta oxirigacha oʻqiychi dedim. Aynan oʻsha 100- betdan keyin hodisalar biroz oydinlasha boshladi. 100- betgacha meni qiziqtirgan narsa har bir qahramon hikoyasi soʻngida FQB xodimi kelib uni olib ketishi edi. Nima bular biror qotillik qilgan...