Алвидо Ватан
Muallif: Аъзам Хошимий
Janrlar: Diniy
Reyting: 10.0/10 (9 baho)
Kitobxonlar taqrizlari
Vatan qayer Vatan kimAsarni audiosini tinglash davomida men bilmaganman bular bo‘lgan voqea yoki yo‘qligini ammo biroz tinglagach anglaganmanki bari sodir bo‘lgan bular kimnidir yashab o‘tgan hayoti fantastika yoki o‘ylab topilgan emas. Bir inson nimalarga bardosh bera oladi a? Vatanga muhabbatli inson deganda hayolingizda qanday inson gavdalanadi o‘z vatanida uni gullashiga hissa qo‘shayotgan inson mi? Aslida o‘zga yurtlarda yurib vatanini sog‘inchida yashayotgan inson ham vatanini kamroq sevmaydi. Qahramon shuncha mashaqatni dini yo‘lida bosib o‘tgani esa o‘quvchini yana ham ko‘proq mushohada qilishga vaqtni erkinlikni tinchlikni qadrlashga o‘rgatadi
📚Alvido vatan kitobiga taqriz 🌟Kitob muallifi: Aʼzam Xoshimiy Yoshliging guvohi ona tuproq bilan vidolashuv. Darbadarlik eshigini chertib, musofirlikni boʻyningga olib xijratga chiqish. Onangning koʻz yoshlarini artolmasliging, ukalaringga bosh boʻlolmasliging naqadar azob. Muallif iymonini asrash uchun, onasining buyrugʻi, taqdir taqozosi bilan xijratga chiqdi. Oʻz yurtida "Lenin dohiy, uning buyruqlari Islom arkonlari bilan barobar" deyishga jurʼat qiladigan "mulla"largagina joy bor. Oldida ikki yoʻl: oʻlim yo xijrat. Oʻlik askardan qoʻshinga manfaat yoʻq. Onasi olima ayol boʻlgani uchun muallifni hijratga yubordi. Asar Oʻrta Osiyo tarixidagi eng ogʻir kunlarni koʻzi bilan koʻrgan...
Shuncha emin erkinlikka qaramay vaqtini behuda sarflaydigan, zamonadan noliydigan kishilar uchun ibratli hayot yoʻli deya olaman. Faqatgina dini yoʻlida ushbu mashaqqatlarni tortgan, dini uchun yurtiga sigʻmagan inson qissasi. Kishi hayoti davomida oʻqishi lozim boʻlgan kitoblardan deb bilaman bu kitobni.
Tarixiy kitoblarga umuman tarixga nisbatan qiziqishimni va tushunchalarimni o‘zgartirib yuborgan asar.